22:28 / 03.11.2015
2302

Ukraina Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashish uchun 2019 yildan mashinalarni yana texnik ko‘rikdan o‘tkazishni boshlaydi

Ukraina infratuzilma vazirligi qonunchilikni Yevropa Ittifoqi me'yorlariga moslashtirish uchun avtotransport texnik holatini majburiy ravishda tekshirishni amaliyotga kiritishni taklif qilmoqda, deb xabar bermoqda “Interfaks” axborot agentligi.

Yengil mashina va tirkamalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazishni 2019 yildan, mototsikl texnikasini 2022 yildan, xalqaro sinfdagi avtobuslarni 2017 yildan, xalqaro sinfdagi yuk mashinalari va tirkamalarni joriy yildan boshlash rejalashtirilmoqda.

Qonun loyihasi bilan transport vositasining foydalanishga yaroqligini tekshirishning yangi tizimi, xususan texnik xizmat ko‘rsatish stansiyasining o‘tkazilgan tekshiruv uchun javobgarligi kiritiladi.

Ishlab chiqaruvchining kafolat davrida avtomobilga texnik xizmat ko‘rsatish va ta'mirlashni istalgan ta'mirlash markazida ishlab chiqaruvchi talablariga muvofiq ravishda bajrish mumkin bo‘ladi.

Qayd etilishicha, Ukrainada 2011 yilda tijorat maqsadlarida ishlatilmaydigan yengil avtomobillarning majburiy texnik qo‘rigi bekor qilingan edi. Bu chora avtotashuvlar sohasida davlatning haddan katta aralashuvini bartaraf etish maqsadida amalga oshirilgan.

Top