17:36 / 03.11.2015
2974

Xitoy investorlari Vertu’ni sotib oldi

Xitoy investorlari Vertu lyuks smartfonlari ishlab chiqaruvchi EQT investkompaniyasini sotib oldi, deb xabar bermoqda Financial Times.

Ma'lumotlarga ko‘ra, kompaniyani Godin Holdings Gonkong fondi sotib olgan. Shu munosabat bilan kompaniyaning ayni damdagi ijrochi direktori Massimiliano Pogliani o‘z egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Vertu ham, EQT ham shartnoma shartlari haqida hech qanday ma'lumot bermagan. Vertu o‘z faoliyatini Angliyaning Xempshirdagi shtab-kvartirasida davom ettiraveradi. Uning xodimlari sonini 450 nafar kishi tashkil etadi.

EQT Vertu ni 2012 yilda Nokia kompaniyasidan 200 mln yevro evaziga sotib olgandi.

Top