23:50 / 03.11.2015
3894

XXR va AQSh mudofaa vazirlari ilk bor Janubiy Xitoy dengizi masalasida muzokara o‘tkazishdi

Xitoy mudofaa vaziri AQShlik hamkasbi bilan muloqoti chog‘ida Janubiy Xitoy dengizidagi Xitoy faoliyati faqat gumanitar yordam va navigatsion masalalarga qaratilgan bo‘lib, mamlakat o‘z suverenitetini doim saqlab qoladi, deb ma'lum qilgan. Bu haqda AQSh vazirligining yuqori martabali vakili ma'lumotiga asoslanib, Reuters xabar bermoqda.

AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter va Xitoy mudofaa vaziri Malayziya poytaxtida uchrashishdi va kiberhujum va Janubiy Xitoy dengizidagi sun'iy orol haqda gaplashib olishdi.

Xitoylik bosh vazir shuni ma'lum qildiki, Xitoyning harakatlari o‘zga mamlakatlarga berilajak yordamga qaratilgan. U, shuningdek, chegaralar xavfsizligini ta'minlash ham muhim masala ekanligini ta'kidlab o‘tgan.

Top