21:57 / 04.11.2015
3054

A321 layneri uchuvchilari samolyot qulashidan oldin texnik muammolarni muhokama etishmagan

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, halokatga uchragan Airbus A321 avialayneri uchuvchilari texnik muammolarni o‘zaro muhokama etishmagan. Bu haqda halokatga uchragan A321 samolyotining “qora qutisi”dan olingan ma'lumotlarga asoslanib, The Wall Street Journal nashri xabar bermoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, uchuvchilar samolyotni halokatga olib kelgan texnik nosozliklar haqida bilishmagan.

Agentlik suhbatdoshining ma'lum qilishicha, uchuvchilarning dispetcher bilan suhbatidan shuni anglash mumkinki, “avialayner radarlardan yo‘qolishidan to‘rt daqiqa oldin vaziyat doimgidek mo‘'tadil bo‘lgan”.

Top