14:44 / 04.11.2015
5189

Benzema Valbuenaga tahdid qilishda ayblanib, hibs qilindi

Politsiya Fransiya terma jamoasi va "Real" hujumchisi Karim Benzemani hibsga oldi. Bu haqda France Presse nashri xabar tarqatgan.

Uning qo‘lga olinishi Fransiya terma jamoasining boshqa bir futbolchisi, Mate Valbuenaga nisbatan tama qilishda gumon qilinishi bilan bog‘liq. U sheriklari bilan Valbuenadan uning intim videolarini oshkor etmaslik uchun pul talab qilgan bo‘lishi mumkin.

Biroz oldinroq, fransiyalik boshqa futbolchi, Jibril Sisse shu ish bo‘yicha gumondor sifatida qo‘lga olingandi. Sissening aybi yo‘qligi isbotlangach, 13 oktabr kuni ozodlikka chiqarilgan.

Top