07:13 / 04.11.2015
3397

YeChL, C guruhi: “Benfika” kamchilik bo‘lib “Galatasaray”ni yengdi, “Astana” “Atletiko” bilan durang o‘ynadi

Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 4-turida S guruhi vakili “Benfika” klubi o‘z maydonida guruhdoshi “Galatasaray” ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Hisobni 52-daqiqada “Benfika” hujumchisi Jonas ochdi, biroq ko‘p o‘tmay, 58-daqiqada turklar Lukash Podolskining goli evaziga hisobni tenglashtirishdi. 67-daqiqada esa lissabonliklar yarimhimoyachisi Luizao raqib darvozasiga yana bir to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi. 85-daqiqada maydon egalari ikkinchi ogohlantirish olgan Nikolas Gaytanning chetlatishi evaziga o‘yinni kamchilik bo‘lib yakunlashlariga to‘g‘ri keldi.

 

Chempionlar Ligasi, S guruh, 4-tur

Benfika (Lissabon) – Galatasaray (Istanbul) – 2:1

Gollar: Jonas, 52 (1:0); Podolski, 58 (1:1); Luizao, 67 (2:1).

Chetlatish: Gaytan, 85 (Benfika) 

Shu guruhdagi yana bir uchrashuvda “Astana” o‘z maydonida “Atletiko” bilan gollarsiz durangga erishdi. Uchrashuv Ostonada “Astana-Arena — Hojimuqon” stadionida bo‘lib o‘tdi va 0:0 hisobi bilan yakunlandi.

Astana (Ostona) – Atletiko (Madrid) – 0:0

4-turdan keyin S guruhidagi musobaqa jadvali quyidagicha ko‘rinish oldi: 1. “Benfika” — 9 ochko; 2. “Atletiko” — 7; 3. “Galatasaray” — 4; 4. “Astana” — 2.

Top