10:42 / 04.11.2015
4782

Emirates samolyotlariga yirtqich jonivorlar tasvirlari tushirildi

Dubayning Emirates Airline kompaniyasiga tegishli ikki yirik Airbus A380 samolyotlarining tashqi yuzasiga United World Wildlife xayriya aksiyasi doirasida yirtqich jonivorlar tasvirlari tushirildi. Bu haqda Emirates 24/7 portali xabar berdi.

Samolyotlardan birining bortiga tahdid ostidagi 6 turdagi jonivor tasviri chizildi. Ikkinchisi esa karkidon va fillar rasmlari bilan bezaldi. “Ko‘plab jonivorlar, xususan, Afrika fillari, karkidonlar, yo‘lbarslar va o‘rmalovchilar yirtqich jonivorlarning noqonuniy savdosi avj olgani bois jiddiy bosim ostida qolmoqda”, - ta'kidladi aviakompaniya rahbari Tim Klark.

U dunyo global inqirozga kirayotganini va har bir kishi imkoniyatlari doirasida unga yordam berishi lozimligini ta'kidladi.

Top