10:09 / 04.11.2015
10107

HAIER: Kir yuvishga oid streotiplarni sindirib

Uy-ro‘zg‘or uchun texnika  do‘konining tajribaga ega bo‘lmagan xaridori uchun kir yuvish mashinalari kiyim-kechaklar joylashtiriladigan old qismi jihatidan bir-biriga o‘xshaydi: ularning barchasida oynali lyuk bo‘lib, u orqali barabanga yuvilishi kerak bo‘lgan  kiyimlar joylashtiriladi, ichki devorida qo‘yilmalari mavjud kir yuvish vaqtida kiyimlarni aylantiradigan perforlashtirilgan baraban,  ushbu motorni aylantiradigan privod kamarli motor, kir yuvish kukuni solinadigan harakatlanuvchi dozator mavjud. Tan olish kerakki, ko‘p hollarda bu haqiqat. Biroq ishlab chiqaruvchi kir yuvishga oid stereotiplarni sindirmoqchi va konstruksiyaning har bir elementi uchun yangi yechim topish istagida bo‘lsa, iste'molchiga bozorda taqdim etiladigan mahsulotlardan farq qiluvchi innovatsion mahsulot taqdim etiladi. Intelius HW80-BD1626 kir yuvish mashinasini yaratgan Haier kompaniyasi buni amalga oshirishga muvofiq bo‘ldi.

Bu modeldagi innovatsiyalar kir yuvish vositasi solinadigan dozatorning o‘zidayoq namoyon bo‘ladi. Tan oling – biz ko‘z bilan chamalaymiz va ko‘p hollarda buni aniq amalga oshira olmaymiz. Yuvish vositasining yetishmasligi esa kir yuvish natijasining qoniqarli bo‘lmasligiga olib keladi, dozani oshirib yuborishning ham hech qanday ijobiy tomoni mavjud emas: birinchidan, ko‘p miqdordagi kir yuvish vositasi intensiv chayishdan keyin ham mato tolalarida qolib ketishi mumkin, ikkinchidan suvda erimagan kir yuvish kukuni mashinaning gidravlik qismida ham, kanalizatsiyaga suvni oqizish tizimida ham qolib ketadi, natijada bir kun kelib oqizish tizimini to‘sib qo‘yishi mumkin. Ha albatta, yuvish vositasini bekorga sarflash tejamkorlikka ham to‘g‘ri kelmaydi.
Haier Intelius HW80-BD1626 ning yangi modelida Smart Dosingdan foydalaniladi, mazkur texnologiya yordamida kir yuvish mashinasi yuvish uchun qancha kukun kerakligini o‘zi aniqlaydi. Tashqi ko‘rinishi bilan ham dozator an'anaviylardan farqlanadi: uning ikkita yondosh konteynerlari (unga yuvish vositasi va konditsioner solinadi) endilikda yopiladigan qopqoqchalarga ega bo‘ldi. Smart Dosing tizimi yuvishda yaxshi natijalarga erishish uchun kirlar hajmiga qarab bu idishlardan avtomatik tarzda kerakli miqdorni oladi.
Konsentratlangan yuvish vositasi va yuvish kukuni bundan istisnodir – undan foydalanilganda Smart Dosing funksiyasi bekor qilinishi lozim. Jun, qora, oq, bolalar kiyimi va boshqalar uchun maxsus yuvish vositalaridan foydalanilganda kukunni bevosita barabanga solish mumkin.

Shkiv va kamarsiz
Haier yangi kiri yuvish mashinalarining barabanlarining aylanishida uchun texnik qaror Smart Drive Motor™ - dvigatelning shkiv va kamarsiz barabanga bevosita joylashtirilishidan foydalanilgan. Bunday texnik yutuqning afzalligi – mashina ishlayotgan vaqtda shovqin va tebranishlarning past darajasidir, natijada mashinaning ishi nafaqat foydalanuvchi uchun qulaylashtiriladi, balki detallar yemirilishini pasaytirish hisobiga xizmat ko‘rsatish muddatini uzaytiradi. Ishlab chiqaruvchi elektromotorning bevosita privodiga 12 yil kafolat berishi tasodifan emas!
Intelius HW80-BD1626 modelining ishlash vaqtida yuqoridagi qopqoq ustiga suv to‘ldirilgan stakan qo‘yilganda, kirlarni siqish vaqtida baraban tezlikni daqiqasiga 1600 ta aylanishgacha oshirishigacha qaramay, suv to‘kilmaydi. Yangi mashinaning shovqini yuvish vaqtida 54 dB(A) va siqish vaqtida 70 dB(A)ni tashkil etadi.
Bevosita privodning afzalligi kir yuvishning qisqa dasturini amalga oshirishda aniq namoyon bo‘ladi – unga ajratiladigan 15 daqiqadan bir soniyasi ham an'anaviy privodli barabanga ega bo‘lgan mashinalarda bo‘lgani kabi to‘xtash va aylantirishni qayta boshlash uchun sarflanmaydi.
Mayda-chuydalar bo‘lmaydi!
Haier yangi modelining konstruksiyasida mayda narsalarga ham e'tibor qaratilgan: masalan bak svetodiod yoritgich bilan jihozlangan, bu esa kir yuvish mashinalari bozorida kamdan-kam kuzatiladigan holatdir.
Yuvishda yaxshi natijalarga erishish uchun kir yuvish mashinasida Smart Detecting™ funksiyasi mavjud, u har bir kir yuvish jarayonidan oldin suvning qattiqlik darajasini aniqlaydi, shunga muvofiq tarzda kir yuvish vositasi va suvning yetkazilishini nazorat qiladi. Hayotda hamma narsa bo‘lishi mumkin – tasavvur qiling, siz yangi uyga ko‘chib o‘tdingiz, suvning qattiqlik darajasi esa avvalgi istiqomat qiladigan joyingizdagidek emas, mazkur funksiya mashinangizga ishlashning yangi sharoitlariga moslashishga yordam beradi.
Yana bir funksiya Dual Spray eshik mahkamlagichining doimiy toza bo‘lishini ta'minlaydi. Yuvish vaqtida ishga tushiriladigan lyuk oynasi va manjyetiga toza suvning ikki oqimi yo‘naltiriladi, bu esa kiyimlarga ayniqsa chayqash vaqtida sovun ko‘pigi tushmasligiga yordam beradi.

Yuviladigan buyumlar joylashtiriladigan baraban ham yangicha ko‘rinishga ega. Oddiy kir yuvish mashinalarining barabanida siqish vaqtida kiyim-kechaklarda deformatsiya hollari va perforatsiya teshiklarining juda katta diametri tufayli mato tuzilishidagi zararlanishlar kuzatilishi mumkin. Bundan tashqari, baraban ishlayotgan vaqtida kirlarni “aylantiradigan” oddiy shakldagi ushlab olish tizimi buyumlarga yuqori mexanik ta'sir o‘tkazadi, bu esa o‘ta nozik matolar tuzilishining zararlanishiga olib kelishi mumkin.
Haier yangi kir yuvish mashinasining Wave-system barabani mazkur kamchiliklardan holi: perforatsiya teshigining diametri kikinalashtirilgan hamda o‘zgacha ishlangan: teshiklar qatori yuqori bo‘lmagan masofada ketma-ket joylashtirilgan bo‘lib, kirlar yumshoq sirpanuvchi o‘ziga xos “to‘lqin”ni xosil etadi. S shaklidagi ushlab olish tizimi bilan birgalikda matoga beriladigan mexanik bosimni pasaytirib, yuvishning sifatini sezilarli darajada oshiradi. Eng nozik kiyimlar ham shikastlantirilmaydi va sizga uzoq vaqt davomida xizmat qiladi.
Mikrob va dog‘lar uchun to‘siq
Haier kir yuvish mashinalari odatdagidan ko‘ra ko‘proq xizmat qiladi – chunki unda AMT bakteriyalarga qarshi ishlaydigan innovatsion tizim mavjud bo‘lib, antiseptik polimer materiallardan foydalanganlik hisobiga lyuk (manjyet)larni mahkamlovchining orasida va yuvish vositasi solinadigan quti ichida mog‘or va zamburug‘larning paydo bo‘lishining oldini oladi.
Nemis instituti WFKning MB4060\07A sonli hisobotida aytilishicha: “AMT mahkamlovchili muhitda o‘tkazilgan test antiseptik materialning mog‘or va zamburug‘larning oldini olish xususiyatlarini tasdiqladi...”. Haier kir yuvish mashinasi lyukini mahkamlovchisi oddiy kir yuvish mashinalariniki bilan taqqoslanganda, uch yillik intensiv foydalanilgan keyin AMT texnologiyasining naqadar samarador ekanligini isbotladi.
Haier yangi kir yuvish mashinasi egalari nafaqat uning bakteriyalarga qarshi himoya tizimi, balki kiyimlardan dog‘larni ketkizish samaradorligini ham so‘zsiz yuqori baholaydilar. O‘tkazilgan maxsus testlarda loy, meva, vino, maysa va kofe kabi o‘ziga xos dog‘larni ketkazish ko‘rsatkichi yuqori foizlarni namoyish etgan. Mashina dog‘ning muayyan turidan kelib chiqib, yuvish vaqti va haroratini avtomatik tarzda tanlaydi.

Qo‘shimcha qilish joizki, Haier Intelius HW80-BD1626 kir yuvish mashinasi yuqori tejamkorlik bilan farqlanadi: bozorda taqdim etilayotgan ko‘pgina modellardan ilgarilab ketgan  A+++ – 40% energiya sarflash ko‘rsatkichi bu haqida dalolat beradi. Endilikda siz kir yuvish mashinalarining ko‘rinishi jihatidan bir-biriga o‘xshashligi almdamchi ekanligini bilib oldingiz – ularning orasida e'tiboringizni albatta qaratishingiz lozim bo‘lgani mavjud!

Reklama xuquqi asosida.

Top