15:50 / 04.11.2015
5444

IShIDning Misrdagi bo‘limi Sinaydagi terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi

IShIDning Misrdagi bo‘limi bugun Shimoliy Sinay viloyatidagi El-Arish shahrida amalga oshirilgan terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.

Jangarilar bu terakt xudkush-jangari tomonidan amalga oshirilgani haqida e'lon qilishgan.

Qayd etish kerakki, El-Arish shahri 31 oktabr kuni A321 samolyoti qulab tushgan hudud yaqinida joylashgan.

Biroz oldinroq, El-Arishdagi terakt tufayli 5 kishi halok bo‘lgani haqida xabar qilingandi.

Top