10:26 / 04.11.2015
2608

Kuba 326ta loyihasi uchun 8,2 milliard dollar sarmoya qidirmoqda

Kuba hukumati 326ta loyihasini amalga oshirish uchun 8,2 milliard dollar sarmoya kiritadigan xorijlik investorlarni qidirmoqda, deya xabar berdi Reuters.

Tashqi savdo vaziri Rodrigo Malmerka Gavana xalqaro yarmarkasida mamlakat portfelini namoyish etdi. Taqdim etilgan loyihalar orasida ushbu davlat uchun an'anaviy bo‘lgan spirtli ichimliklar ishlab chiqarish kabi loyihalar ham, shuningdek, mahalliy bozor uchun yuqori sifatli televideniye texnologiyalarini yetkazib berish ko‘zda tutilgan dasturlar ham o‘rin olgan.

Qayd etilishicha, sarmoyadorlarga katta miqdordagi tanlash imkoniyatini taqdim etish orqali Kuba har yili eng kamida 2 milliard dollar xorij sarmoyasini jalb qilishni ko‘zlagan.
Malmerkaning ta'kidlashicha, mamlakat bitta bozorga qaramlikka hech qachon qaytmaydi va diversifikatsiya sari intilmoqda.

Top