10:15 / 04.11.2015
2220

LA Times: Tarantino politsiyachilarni qotillar deb hisoblamasligini aytdi

AQShlik taniqli kinorejissyor Kventin Tarantino o‘zining 24 oktabrda ba'zi politsiya xodimlari harakatlariga qarshi norozilik namoyishida ishtirok etgani bilan bog‘liq mojaroga izoh berib o‘tdi, deb yozmoqda Los Angeles Times nashri.

Tarantino o‘shanda qotillikni ko‘rganda indamay tura olmasligini aytgan edi. Los-Anjyeles politsiyasida adovatni qo‘zg‘ovchi bunday nutqqa yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi, rejissyor esa politsiyalarni qotil deb atagani uchun javobgarlikka tortilishi kerakligi aytilgandi.

“Men hech qachon bunday demaganman. Men hattoki buni nazarda ha tutmaganman”, deb aytdi rejissyor va politsiyachilar qotil emasligini qo‘shimcha qildi.

Uning aytishicha, “politsiya zo‘ravonligi bilan bog‘liq noxush voqealar”ni hal qilish o‘rniga, uni yomon otliq qilishga harakat qilinmoqda.

“Bu meni qo‘rqitish uchun qilingan. Mening og‘zimni yopish va eng muhimi, bahsning bu tomonini qo‘llab-quvvatlamoqchi bo‘lgan boshqa mashhur odamlarga ishora berish maqsadida qilingan”, deb aytdi bir necha mashhur filmlar rejissyori.

Avvalroq Fox News telekanali boshlovchisi Bill O'Reyli o‘zining ko‘rsatuvida Tarantinoning namoyishdagi ishtirokini keskin tanqid qilgan edi.

Top