09:03 / 04.11.2015
4706

London shahri yaqinida ulkan yong‘in ro‘y berdi

Buyuk Britaniya poytaxti London shahridan uzoq bo‘lmagan hududda joylashgan Braknel shahrida jiddiy yong‘in ro‘y berdi. Bu haqda Get reading nashri xabar qilgan.

Ushbu yong‘in omborxonalar va ofislar joylashgan hududda ro‘y berdi. Dastlabki ma'lumotlarda aytilishicha, bu hududdagi binolar yaqindagina ta'mirdan chiqarilgandi.

Hodisa joyiga maxsus xizmatlar vakilllari yetib kelgan. Voqea joyida olingan videotasvir orqali yong‘in vaqtida portlash sodir bo‘lganini bilish mumkin.
Hozircha hodisa yuzasidan rasmiy ma'lumot berilmagan.

Top