11:10 / 04.11.2015
2823

Meksikalik muhojirlar sentabrda AQShdan 2 mlrd dollarlik o‘tkazmalar amalga oshirishdi

AQShda ishlayotgan meksikalik mehnat muhojirlari joriy yilning sentabr oyi mobaynida o‘z yurtlariga 2.06 mlrd dollar yuborishdi. Bu o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 4.82 foizga ko‘proqdir.

Meksika bankining xabar berishicha, yanvardan sentabrga qadar mamlakatga 18.62 mlrd dollarlik o‘tkazmalar amalga oshirilgan bo‘lib, bu o‘tgan yil shu davriga nisbatan 5.8 foizga ko‘proqdir.

Meksikalik muhojirlar o‘rta miqdorda bir martada 290 dollarlik o‘tkazmani amalga oshirishadi. Yil boshidan buyon Meksika pesosi dollarga nisbatan 15 foizga tushib ketdi. Shunga qaramay, AQShdan amalga oshiriladigan o‘tkazmalar Meksika iqtisodiyotining eng muhim daromad manbalaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Top