08:14 / 04.11.2015
3477

Misr hukumati A321 samolyoti qulagan joyda qidiruv operatsiyasi yakunlanganini e'lon qildi

Misrda Rossiyaning A321 samolyoti qulagan joyda qidiruv operatsiyasi yakunlandi, deb xabar bermoqda Misrning “Al-Hayat” telekanaliga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi. 

Bu haqda Misr hukumatining rasmiy vakili  Husam al-Kovish ma'lum qildi.

“Sinay yarimoroli markazidagi qidiruv-qutqaruv operatsiyasi yakunlandi. Misr hukumati endi barcha umidni asboblar ko‘rsatkichlari va ekipajning o‘zaro suhbatini yozib oluvchi “qora qutilar” ga bog‘lamoqda”, deb aytdi al-Kovish.  

Avvalroq Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin Misrda samolyot falokati oqibatlari va tafsilotlarini aniqlashtirayotgan Rossiya Tergov qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi va transport vazirligi vakillari bilan shtab yig‘ilishi o‘tkazdi. Bastrikin tergovchilarning qilingan ishlar bo‘yicha hisobotini tinglagandan keyin, “yaqin ikki kun ichida tergovchilar va kriminalistlarga samolyot qulagan joyda ishlarni yakunlashga ko‘rsatma berdi”.

Top