16:06 / 04.11.2015
4139

Nazarboyev britaniyalik tijoratchilarga: keling birgalikda pul topamiz!

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning Buyuk Britaniyaga tashrifi ikkala davlat matbuotida keng yoritildi. Chop etilgan fotoreportajlarda uning Britaniya bosh vaziri Devid Kemeronning Dauning strit-10dagi uyida qabul qilinishi batafsil aks ettirildi.
Shundan so‘ng TIV binosida Nazarboyevning Buyuk Britaniya biznesmenlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda Nazarboyev Qozog‘istonga Britaniyadan hech narsa kerak emasligini ta'kidladi.
“Biz sizlarni faqat Qozog‘istonga kelib, birgalikda pul topishga chaqiramiz”, - ta'kidladi u.

Qozog‘iston yetakchisi ayni paytda mamlakatda Britaniya kapitaliga ega 500 kompaniya ishlayotganini aytib o‘tdi.

Bundan tashqari, Qozog‘iston delegatsiyasi Ostonada o‘tadigan “Ekspo-2017”da Buyuk Britaniya vakillarining ishtirok etishi borasida kelishuvga erishdi. Britaniya kompaniyalari Qozog‘iston iqtisodiyotining turli yo‘nalishlariga pul tikishi yuzasidan olib borilgan muzokaralar natijasida 12 mlrd dollar investitsiyaga mo‘ljallangan shartnomalar imzolandi.

Shundan so‘ng Nazarboyev jurnalistlar bilan qisqa brifing o‘tkazdi.

Top