09:36 / 04.11.2015
2326

O‘zbekistonda qish mavsumi uchun 700 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari hozirlab qo‘yiladi

Joriy yilning 9 oyi mobaynida O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qish mavsumiga g‘amlash ko‘rsatkichlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6.6 foizga o‘sdi. Bu haqda qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi xabar qildi.

Bundan tashqari, 2015-2016 yilgi qish mavsumi uchun 700 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari hozirlash rejalashtirilgani aytildi. Shu maqsadda 800 ming tonna sig‘imga ega baza tayyorlangan bo‘lib, barcha tayyorlov va savdo shirkatlari, xizmat ko‘rsatish nuqtalari, fermer xo‘jaliklari, agrofirmalari hamda aholi vakillari bilan barcha tegishli shartnomalar imzolandi.

Top