20:50 / 04.11.2015
4125

Rio Ferdinand: Bir kuni Nisterloy Ronalduga hamla qilganida, men uning o‘zini urgandim

"Manchester Yunayted" klubining sobiq himoyachisi Rio Ferdinand ispaniyalik jurnalist Gilem Balagaga Krishtianu Ronaldu haqidagi xotiralari haqida so‘zlab berdi.

"Bekxem to‘pni qabul qilib olishi bilan, uni Nisterloyga oshirib berardi. Ronaldu esa turli fintlar ishlatib, to‘pni o‘zida olib yurishni yoqtirardi. Bundan esa Rudning jahli chiqardi.

U Ronaldu bilan sherik bo‘la olmasligini qayta-qayta takrorlardi.

Bir kuni Rud van Nisterloy Ronalduni urdi. O‘sha vaqtda Ronaldu 21 yoshda edi. Men Ronalduni himoya qilib, Nisterloyni urgandim. Shundan keyin u Ronalduni tinch qo‘ygan. Ushbu voqea 2005-06 yillar mavsumida bo‘lib o‘tgandi va shundan keyin gollandiyalik hujumchi "Manchester Yunayted"dan ketgandi", - deydi Ferdinand.

Top