10:02 / 04.11.2015
2766

Toshkentda yo‘llarni modernizatsiya qilish bo‘yicha Germaniya tajribasi bilan tanishib chiqildi

“O‘zavtoyo‘l” DAKda o‘tkazilgan navbatdagi seminarda Germaniyaning Wirtgen International GmbH kompaniyasi vakillari ishtirok etishdi.
Kompaniya matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, seminardan ko‘zlangan maqsad avtomobil yo‘llari qurilishida va ekspluatatsiyasida qo‘llaniladigan zamonaviy innovatsion texnologiyalar bilan tanishish hamda tajriba almashish bo‘lgan.

Seminar chog‘ida kompaniya vakillari sement-beton tayyorlash va yotqizish, asfalt-betonni mustahkamlash, resayklerlardan zamonaviy texnologiyalar vositasida foydalanish singari yo‘nalishlarda chiqishlar va taqdimotlar o‘tkazishdi. Shuningdek, kompaniyaning yangi mahsulotlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Wirtgen International GmbH mashinasozlik sohasida ishlovchi Wirtgen Group xalqaro guruhining tarkibiy qismi hisoblanadi.

Guruhning umumiy pul aylanmasi 2014 yilda 2.01 mlrd yevroni tashkil qildi. Uning tarkibiga Wirtgen, Vogele, Hamm, Kleemann va Benninghoven singari kompaniyalar kiradi. Guruh bosh ofislari Germaniyada, asosiy ishlab chiqarishlari esa Braziliya, Xitoy va Hindistonda joylashgan.

Top