15:34 / 04.11.2015
2073

Yaponiya pochtasi 12 mlrd dollarlik IPO o‘tkazdi

Japan Post Service Co pochta kompaniyasi bank va sug‘urta bo‘linmalari bilan birgalikda joriy yildagi birlamchi aksiya joylashtirishda (IPO) 1.44 trln iyena (11.9 mlrd dollar) ko‘targani tufayli uning aksiyalari keskin ravishda 17 foizga ko‘tarildi. Bu haqda AR agentligi xabar bermoqda.

Davlat kompaniyasi amalga oshirgan IPO fond bozoriga Xitoyning Alibaba Group Holdings kompaniyasi chiqqanidan buyon kuzatilgan eng yirik operatsiyasi bo‘ldi. 2014 yilda Alibaba IPO yordamida 25 mlrd dollar olgan edi.

Top