15:28 / 05.11.2015
2827

“Lukoyl” G‘arbiy Hisorning gaz-kondensat konlarida energiya ta'minoti obektlarini qurdi

“Hisorni to‘la rivojlantirish” loyihasi doirasida Jarquduq va Adamtosh konlarida texnologik obektlarni elektr quvvati bilan ta'minlashga qaratilgan ikki stansiya qurildi, deb xabar beradi Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasining O‘zbekistondagi operatori LukOil Uzbekistan Operating Company.

Ekspluatatsiyaga 2x6300 kVA li 2 transformatorga ega PS 110/10 “Jarquduq” hamda 2x25000 kVA li 2 transformatorga ega PS 110/10 “Adamtosh” stansiyalari topshirildi. Ular PS 220/110/10 “Pachkamar” elektrostansiyasi tomonidan VL-110 kV liniyasi bo‘yicha ta'minlanadi.

Top