09:35 / 05.11.2015
4860

AQSh, Isroil, Gruziya va Ukraina BMTda Rossiyaning fazoda qurollanishni taqiqlash tashabbusiga qarshi ovoz berdi

AQSh, Isroil, Gruziya va Ukraina BMTda Rossiyaning fazoda qurollanishni taqiqlash tashabbusiga qarshi ovoz berdi, deb xabar bermoqda TASS agentligi.

Rezolyutsiya Bosh Assambleya muhokamasiga Rossiya tomonidan kiritilgan edi. Uning hammualliflari 25 davlat, shu jumladan, Belarus, Qozog‘iston, Xitoy, Pokiston, Suriya va boshqalar bo‘lgan edi.

122 davlat hujjatni yoqlab chiqqani aytilmoqda.
Hujjat koinotda qurollanish poygasining kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslikni nazarda tutadi. Uning asosiy holati fazodagi infrastrukturalarga qurol-yarog‘larni joylashtirmaslikdir.

Top