11:20 / 05.11.2015
3240

Arsen Venger: Agar shunaqa o‘ynashda davom etsak, boshi berk ko‘chaga kirib qolamiz

"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger "Bavariya"dan uchralgan yirik mag‘lubiyatdan (1:5) keyin jurnalistlar bilan gaplashdi.

"Birinchi navbatda "Bavariya"ga qoyil qolish kerak. Biz esa uning vazifasini himoyadagi ojiz o‘yin bilan ancha osonlashtirib berdik. Agar bugungidek o‘ynaydigan bo‘lsak, boshi berk ko‘chaga kirib qolishimiz turgan gap.

Shunday holatda ham bizda keyingi bosqichga chiqish uchun nazariy imkoniyat saqlanib qolmoqda. Lekin bu o‘yinimiz bilan guruhdan chiqishga loyiq emasmiz.

"Bavariya" "Olimpiakos" bilan ham bugungidek o‘ynasa, albatta g‘alaba qiladi. Lekin bizda YeChLdagi ishtirokni davom ettirishga bo‘lgan umid juda kam. Endi biz APL o‘yinlariga jiddiy e'tibor bilan qarashimiz kerak bo‘ladi.

Biz haqiqatga tik boqmog‘imiz lozim. Endi bu o‘yinni tezroq unutishga harakat qilamiz. Chunki undan hech qanday ijobiy jihat olish mumkin emas.

Biz haqiqatga tik boqmog‘imiz lozim. Bugun munosib o‘yin namoyish eta olmaganimizni tan olamiz.

Biz real imkoniyatlar bilan hisoblashiladigan dunyoda yashaymiz", - deydi Venger.

Top