17:15 / 05.11.2015
4688

Atambayev milliy xavfsizlik qo‘mitasi va bosh shtab rahbariyatini o‘zgartirdi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev milliy xavfsizlik qo‘mitasi va bosh shtab rahbarlarini o‘zgartirdi. Bu haqda prezidenti devoni axborot siyosati bo‘limi xabar berdi.

Farmonlar bugun, 5 noyabr kuni imzolandi.
Qo‘mita raisi etib Abdil Segizboyev tayinlandi. Ilgari u prezidentning axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi lavozimini egallab turgan edi, 2014 yil avgustidan boshlab esa milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tahlil bo‘limi direktori sifatida ish boshlagan edi.

Qurolli kuchlar bosh shtabi rahbari Asanbek Alimqo‘jayev lavozimidan ozod qilinib, uning o‘rniga o‘rinbosari Jonibek Qaparov tayinlandi.
Bundan tashqari, yangi tuzilgan mudofaa ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasi rahbari etib bosh shtab rahbari o‘rinbosari Marat Kenjisariyev tayinlandi.

Top