10:04 / 05.11.2015
2646

Britaniya fuqarolarini Sharm ash-Shayxga borishdan qaytardi

Britaniya rahbariyati fuqarolarini, zarurat bo‘lmasa, Sharm ash-Shayxga borishdan tiyilib turishga chaqirdi. Bu haqda mamlakat TIV rahbari Filip Xammond bayonot berdi.

“Biz tavsiyalarni o‘zgartirish zarurligi haqida xulosaga keldik va endi zarurat bo‘lmaganda Sharm ash-Shayxga bormaslikni tavsiya qilmoqdamiz. Bu degani, Britaniya aviakompaniyalari hozircha u yerga reyslarni amalga oshirmaydi”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Top