09:57 / 05.11.2015
1876

Dario Srna UYeFAning "A" toifali murabbiylik diplomini qo‘lga kiritdi

4 noyabr kuni Donetskning "Shaxtyor" klubining xorvatiyalik legioneri Dario Srna UYeFAning "A" toifali murabbiylik diplomiga ega bo‘ldi. 

Imtihonlar oktabr oyining oxirlarida topshirilgan edi, biroq "Shaxtyor" futbolchisi Vyacheslav Shevchuk va Dario Srna rasmiy o‘yinlar bilan band bo‘lgani tufayli diplomni endi qabul qilib olishdi.

"Shaxtyor" jamoasining 33 yoshli sardori "konchilar" safiga 2003 yilda kelib qo‘shilgandi.

U shu vaqtgacha klub safida 470ta o‘yin o‘tkazgan va 46ta gol urgan.

Biroz oldinroq, Srna Yevro-2016 turniridan keyin Xorvatiya terma jamoasidan ketishi haqida ma'lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, biroz avvalroq o‘zbekistonlik Maksim Shatskix ham murabbiylik diplomiga ega bo‘lgan edi.

Top