01:16 / 05.11.2015
3779

Karim Benzema Mate Valbuenaga shantaj qilganlikda gumonlanib tunni politsiya mahkamasida o‘tkazdi

"Real" jamoasi hujumchisi Karim Benzema Moskvaning sobiq futbolchisi Mate Valbuenaga shantaj qilganlikda gumonlanib, 4 oktabr butun tunni politsiya mahkamasida o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda AP agentligi.

Shantajchilar ayni damda “Lion” jamoasida to‘p suruvchi Valbuenaga shaxsiy videolarini ommalashtirishni pesh qilishib, pul talab etishgan.

Politsiya ushbu jinoyat yuzasidan pul to‘lash jarayoni chora-tadbirlari doirasida olib borgan tekshiruvlari natijasida telefon suhbati davomida Karim Benzema nomi tilga olinganining shohidi bo‘lishgan. Avvalroq Fransiya politsiyasi yana bir fransuz futbolchisi Jibril Sisseni shu ish yuzasidan so‘roq qilishgan va ozod etishgan edi.

Valbuena o‘z faoltiyatining ko‘p qismini "Marsele"da o‘tkazgan. U 2014/15 yil mavsumida Moskvaning “Dinamo” sharafini himoya qilgan. So‘ngra o‘z vataniga qaytib, "Lion" bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan edi.

Top