08:44 / 05.11.2015
6396

Kommunalchilarning mas'uliyatsizligi oqibatida Toshkentda bir qator YTHlar sodir bo‘ldi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi gospitalidan Toshkent Lak-bo‘yoq zavodigacha bo‘lgan yo‘l kommunal xizmatlari olib borayotgan ta'mirlash ishlari sababli haydovchilar uchun xavfli bo‘lib qoldi, deb yozmoqda 12news.uz internet nashri. Ushbu qismda bir necha kun ichida beshta yengil mashina avariyaga uchradi.

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining yozishicha, sobiq Gruziya elchixonasi binosi ro‘parasida chuqurligi taxminan 8-10 metr bo‘lgan 6x20 hajmli o‘ra kavlangan.
“Haydovchilarni ogohlantiruvchi hech qanday belgi qo‘yilmagan! Bu o‘raga qulab tushmaslik uchun beton to‘siqlarga borib urilgan beshinchi mashina!

Zarba shunchalik kuchliki, betonning bir bo‘lagi uchib ketgan, keyin esa daraxtga urilgan! Yo‘lovchi qattiq jarohat olgan, uni og‘ir holda shifoxonaga olib ketishdi... Bugun “Volga” kuppa-kunduz kuni, yomg‘ir yog‘mayotgan vaqtda o‘raga qulab tushgan edi...”, deb yozdi foydalanuvchilardan biri.

Top