22:45 / 05.11.2015
6710

KUN.UZ dayjesti: 5 noyabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 5 noyabr kuni ro‘y bergan eng qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Yaponiyada dori vositalari dronlar orqali yetkazib berilishi yo‘lga qo‘yiladi>>

Yaponiyada 2018 yildan boshlab dori vositalarini uchuvchisiz dronlar orqali yetkazib berish masalasi ko‘rib chiqilmoqda, deya xabar beradi Nikkei.

Hindistonlik adiba e'tiroz tariqasida o‘ziga topshirilgan mukofotni qaytarib berdi>>

Hindistonlik yozuvchi, Buker mukofoti sovrindori Arundati Roy 1989 yili eng yaxshi ssenariy uchun berilgan davlat mukofotini diniy bag‘ritorlikka e'tiroz ramzi sifatida qaytarib berdi. Bu haqda Indian Express nashri yozmoqda.

NASA Marsga uchishni istovchilardan hujjat qabul qilishni boshlaydi>>

NASA Marsga parvozni amalga oshirishga tayyorgarlik missiyasi doirasida “qizil sayyora”ga uchishni istovchilardan ariza qabul qilish sanasiga oydinlik kiritdi. Anketalar joriy yilning 14 dekabridan 2016 yilning fevral oyi o‘rtalariga qadar davom etadi.

Hindistonning Micromax Mobile kompaniyasi eng kuchli smartfon ishlab chiqarmoqchi>>

Hamyonbop smartfonlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Hindistonning Micromax Mobile kompaniyasi o‘zini kuchli smartfonlar ishlab chiqarishda sinab ko‘rmoqchi. Kompaniya o‘zining amaldagi brendiga alohida bo‘lgan yangi Yu Yutopia nomli smartfon ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi.

AQShda 86 yoshli keksa ayol o‘zini o‘g‘irlab ketgan uch o‘smirning qo‘lidan qutula oldi>>

AQShning Vashington shtatida qotillik amalga oshirish maqsadida odam o‘g‘irlash aybi bilan uch o‘smir hibsga olindi. O‘smirlar Kenevik shahrida Xezel Abel ismli 86 yoshli kampirni o‘z uyidan o‘g‘irlab, ayolni o‘z avtomobili yukxonasida Oregon shtatiga olib ketishgan. 

O‘zini itga o‘xshatgan buzoqcha ijtimoiy tarmoqlar “yulduzi”ga aylandi>>

O‘zini it deb tasavvur etuvchi buzoqcha Goliaf ijtimoiy tarmoqlarning qahramoniga aylandi, deb xabar bermoqda CountryLiving.com. Uning egasi Sheyli Xabbs degan ayol. Buzoqcha bir kunligida ayol uni topib olgan.

Navoiy viloyatida bir oilada to‘rt qizaloq tug‘ildi>>

Yaqinda Farg‘ona viloyatida bir yo‘la to‘rt egizak tug‘ilgani haqida xabar berilgan edi. Xuddi shunday quvonchli voqea Navoiy viloyat perinatal markazida ham ro‘y berdi.

Reaktiv ranetslarga ega pilotlar A380 samolyoti yonidan uchib o‘tishdi>>

Shveytsariyalik uchuvchi Iv Rossi va uning shogirdi, parashyutchi Vins Reffet qanot shaklidagi reaktiv ranets taqqan holda Airbus A380 yo‘lovchi samolyoti yaqinidan uchib o‘tishdi. 

Amerika politsiyasi 13 yil oldin yo‘qolgan bolani topdi>>

Amerika politsiyasi 13 yil avval yo‘qolgan bolani topdi. CNN telekanali ma'lumotiga ko‘ra, bolakay o‘z otasi tomonidan o‘g‘irlangan.

"Monopoliya" o‘yini 80 yoshga kirdi>>

2015 yilda "Monopoliya" o‘yini o‘zining 80 yilligini nishonlamoqda. Aslida o‘yin 1933 yilda amerikalik muhandis Charlz Darrou tomonidan o‘ylab topilgan. Vaqt o‘tgani sari o‘yin ommalashib, 1973 yildan "Monopoliya" bo‘yicha jahon chempionati ham o‘tkazila boshlandi. O‘yin dunyoning 47 tiliga o‘girilib, 114 mamlakatda savdoga chiqarildi.

Facebook foydalanuvchilari soni 1,5 milliard nafardan oshdi>>

2015 yilning uchinchi choragida Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntlar soni 60 milliontaga oshdi. 30 oktabr holatiga ko‘ra, dunyo miqyosida 1,55 milliard foydalanuvchi mazkur ijtimoiy tarmoqda o‘z sahifasini ochgan, deya xabar bermoqda VVS telekanali 5 noyabr kuni kompaniya ma'lumotiga asoslangan holda. Mazkur ko‘rsatkich har oyda oshib bormoqda.

Keti Perri musiqa sohasida eng ko‘p haq oladigan ayollar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi>>

Keti Perri musiqa sohasidagi ayollar orasida eng ko‘p pul ishlab topadigan qo‘shiqchi ekani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda Forbs jurnalida keltirilgan.

Tennischi Serena Uilyams telefonini o‘g‘irlagan o‘g‘rini tutib oldi>>

Ayollar tennisi assotsiatsiyasi ro‘yxatida birinchi o‘rinda qayd etilgan Serena Uilyams telefonini o‘g‘irlab ketgan o‘g‘rini ushlashga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda 34 yoshli amerikalik sportchi o‘z Instagram sahifasida xabar bergan.

AQShda Linkolnning qo‘lyozmalari kim oshdi savdosi orqali 2,2 mln dollarga sotildi>>

AQShning 16-prezidenti Avraam Linkolnga tegishli bo‘lgan qo‘lyozmalar Nyu-Yorkda kim oshdi savdosiga qo‘yildi va 2,213 mln dollarga sotildi. Bu haqda Heritage Auctions savdolar uyiga asoslanib, RIA Novosti xabar bergan.

Oklend aeroportida xaka raqsi. Yangi zelandiyalik regbichilar shunday kutib olindi>>

Regbi bo‘yicha amaldagi jahon chempioni Yangi Zelandiya terma jamoasi Oklend xalqaro aeroportida keng sport jamoatchiligi tomonidan tantanali ravishda kutib olindi.

Pogrebnyak avtomobilni mast holda boshqarganida qo‘lga tushdi>>

Moskvaning "Dinamo" jamoasi hujumchisi Pavel Pogrebnyak avtomobilini mast holatda boshqargani uchun politsiya tomonidan hibsga olingan. Bu haqda "Moska" yangiliklar agentligi xabar tarqatgan.

Xitoyda Apple himoyasini buzib, iPhone 6'ga qo‘shimcha xotira o‘rnatish xizmati yo‘lga qo‘yildi>>

Xitoydagi bir nechta do‘konlar qo‘shimcha to‘lov evaziga iPhone 6 foydalanuvchilariga ularning smartfonlari xotirasini kengaytirib berishni taklif qilmoqda, deb yozmoqda SlashGear.

Finlyandiyada keksa kishilar uchun mobil novigator ishlab chiqildi>>

Finlyandiyada olti mamlakat olimlari sa'y-harakatlari natijasida keksa kishilar uchun mobil navigator ishlab chiqildi. Bu haqda Finlyandiya texnologiya tadqiqotlari markazi VTT xabar bermoqda.

Yangilangan Mitsubishi ASX krossoverining namoyishi haqida ma'lum qilindi>>

Mitsubishi Motors kompaniyasi 18 noyabrda Los-Anjyelesda bo‘lib o‘tadigan motorshouda o‘zining ikkita yangiligi bilan qatnashadi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ular ASX krossoverining restayl varianti va Mirage kompakt-karlari bo‘lishi kutilmoqda.

Top