12:41 / 05.11.2015
2653

Moskvaning "Lokomotiv" jamoasi muxlisiga Istanbulda o‘tkir tig‘li quroldan jarohat yetkazishdi

Turkiyaning Istanbul shahrida Moskvaning "Lokomotiv" jamoasi muxlislari va mahalliy "Beshiktosh" jamoasi muxlislari o‘rtasida ommaviy to‘qnashuv yuz berdi. Bu haqda Haberciniz nashri xabar tarqatgan.

Yevropa ligasining guruh bosqichida o‘zaro raqib bo‘lgan bu jamoalarning muxlislari janjali noxush oqibatni keltirib chiqargan. Ushbu to‘polon vaqtida "Lokomotiv" muxlislaridan birining oyog‘iga o‘tkir pichoq bilan zarba berilgan. Uning boshi ham jarohat olgan.

Uning boshidan oqayotgan qon to‘xtatilgan. Jabrlanuvchi ayni vaqtda shifoxonaga yotqizilgan. Bu hodisa Istanbulning Taqsim maydonida bo‘lib o‘tgani aytilgan.

Ma'lumot uchun, "Beshiktosh" va "Lokomotiv" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv, bugun, Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.

Top