01:58 / 05.11.2015
2841

OAV: Misrdagi yomg‘ir va toshqin natijasida 11 nafar kishi halok bo‘ldi

Misrda oxirgi o‘tgan kunda kuchli sodir bo‘lgan yomg‘ir natijasida vujudga kelgan toshqin oqibatida 11 nafar kishi halok bo‘ldi. Bu haqda yangiliklar portali gazetasi "Al-Axram" xabar bermoqda.

Qohiradan shimolda joylashgan Buxeyra viloyatining Vadi en-Natrun tumanida sakkiz nafar kishi tunda uylarini butunlay qoplagan toshqin natijasida halok bo‘lishgan. Ayni shu damda ular uxlab yotgan va tashqariga chiqishga ulgurishmagan edi.

Bundan tashqari, Aleksandriya ham suv toshqini ostida qolgan. Ba'zi joylarda toshqin bir metrgacha ko‘tarilgan va natijada avtotrassalar, tonnel va magistral yo‘llari hamda shaharning ko‘p kilometrli qirg‘og‘i suv ostida qolgan. Shahardagi vaziyat chiqindi suv quvurlarining axlat bilan to‘lib qolgani evaziga yanada murakkablashgan. Bir qancha tumanlar elektr kabellarining uzilishi yoki qisqa tutashuvi natijasida elektr quvvatisiz qolgan.

Mamlakatdagi ushbu tabiiy ofat yuzasidan vaziyatni aniqlashtirib boruvchi tezkor shtab tashkil qilingan. Aleksandriya tumanida favqulodda holat joriy etilgan.

Top