16:20 / 05.11.2015
4315

O‘z farzandlarini 5-qavatdan pastga uloqtirgan olmaotalik ayol jinnixonaga jo‘natiladi

Shu yilning sentabr oyi boshida Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘z farzandlari – 8 va 1,5 yoshli ikki qizini 5-qavatdan pastga uloqtirgan ayolda shizofreniya xastaligi qayd etilib, u ruhiy kasalliklar shifoxonasiga jo‘natiladigan bo‘lgan. Bu haqda Bo‘stondiq tumani prokurori o‘rinbosari Azamat Salihov ma'lum qilgan.

"Ayni vaqtda ushbu ayolni maxsus tibbiy muassasaga o‘tkazish uchun hujjatlar tayyorlanmoqda. Sud-psixiatriya ekspertizasi unda shizofreniya xastaligini qayd etishgan", deydi Salihov.

Salihovning aytishicha, sud ayolning ruhiy bemorligini hisobga oladi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 5 sentabr kunida Qozog‘istonning janubiy poytaxtida dahshatli voqea sodir bo‘lgan, ushbu ayol o‘zi yashayotgan uyning 5-qavatdagi balkonidan o‘z qizlarini pastga uloqtirgan, uning katta qizi (8 yoshli) voqea joyida halok bo‘lgan, kichigi (1,5 yoshli) omon qolgan va keyinchalik otasi qaramog‘iga topshirilgan.

Top