21:11 / 05.11.2015
14200

O‘zini itga o‘xshatgan buzoqcha ijtimoiy tarmoqlar “yulduzi”ga aylandi

O‘zini it deb tasavvur etuvchi buzoqcha Goliaf ijtimoiy tarmoqlarning qahramoniga aylandi, deb xabar bermoqda CountryLiving.com. Uning egasi Sheyli Xabbs degan ayol. Buzoqcha bir kunligida ayol uni topib olgan. Sut fermasi jonivorni qabul qilishni istamadi. Shu bois u ozg‘in va kasalmand edi, deb yozadi nashr.

Xabbs uni uyiga olib ketdi va oilaviy veterinar nazorati ostida boqa boshladi. Vaqt o‘tishi bilan jonivorning ahvoli yaxshilana bordi. Xo‘jayini uni Goliaf deb nomladi. Uyda buzoqcha bilan nemis dogi Leonidas ham bor edi. Goliaf kasalligi vaqtida it xo‘jayini bilan “uning holidan xabar olib turdi”. Natijada it va buzoqcha do‘st bo‘lib qolishdi.

Xabbslar yashaydigan hudud yirtqich hayvonlarga boy. Shu sabab buzoqchaga bolalar o‘ynashi uchun qurilgan kichik uychaga kirishga ruxsat berishdi. U yerda buqacha kunduz kunlari ham vaqtini o‘tkaza boshladi. Bir safar Goliaf yo‘qolib qoldi, keyin ma'lum bo‘lishicha u asosiy uyga kirib, divan ustida yotgan ekan. Shunda uning xo‘jayini jonivorini suratga oldi va tvitteridagi sahifasiga joylashtirdi. Barcha mashhurlik ana shundan so‘ng boshlandi.

Top