09:46 / 05.11.2015
2574

Poroshenko milliy politsiya rahbariga gruzin tajribasidan foydalanishni tavsiya qildi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko milliy politsiyaning yangi rahbari Xatiya Dekanoidze bilan uchrashdi. Bu haqda prezident mabuot xizmati xabar qildi.

“Prezident Pyotr Poroshenko Milliy politsiyaning yangi rahbari Dekanoidze bilan uchrashdi. Davlat rahbarining qayd etishicha, politsiya boshlig‘i zimmasida muhim vazifa – yangi milliy politsiyani barpo etish yuklatilgan. Ukrainada Gruziya tajribasi favqulodda foydali bo‘ladi va amerikalik sheriklar bilan hamkorlik qilinadi”, — deyiladi xabarda.

Poroshenkoning so‘zlariga ko‘ra, juda qisqa vaqt ichida militsiyani poltsiyaga aylantirish talab etiladi. Qayd etilishicha, yangi politsiya tuzilmasiga patrul xizmati ham kiradi.
Avvalroq Ukraina hukumati Gruziyaning sobiq ta'lim vaziri Xatiya Dekanoidzeni milliy politsiya rahbari lavozimiga nomzod sifatida tasdiqlagani xabar qilingan edi. Ushbu lavozimga tayinlanganiga qadar esa Dekanoidze Ukraina IIV maslahatchisi vazifasida faoliyat ko‘rsatgan.

Top