16:55 / 05.11.2015
4372

Qarshi shahrida o‘g‘rilik bilan shug‘ullanib kelgan o‘smirlar guruhi qo‘lga olindi

Qarshi shahrida o‘g‘rilik bilan shug‘ullanib kelgan o‘smirlar guruhi qo‘lga olindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Aytilishicha, shahar ichki ishlar organlariga 28 yoshli Ruslan ismli shaxs murojaat qilib, o‘ziga tegishli Nexia mashinasidan 300 ming so‘m va noutbuk o‘g‘irlab ketilganini xabar qilgan. O‘tkazilgan surishtiruv ishlari natijasida bu ishni sodir etgan 4 nafar shaxs qo‘lga olingan.

Ular 14-21 yoshdagi o‘smirlar bo‘lib, dastlabki tergov natijasida ma'lum bo‘lishicha, uyushgan guruh bo‘lib o‘g‘rilik bilan shug‘ullanib kelishgan.
Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.

Top