11:28 / 05.11.2015
6124

Rossiya Suriyaga samolyotlarni himoya qilish uchun zenit-raketa tizimlari olib keldi

Rossiya Suriyaga zenit-raketa tizimlari olib keldi. Rossiya havo kosmik kuchlari bosh qo‘mondoni Viktor Bondaryovning “Komsomolskaya pravda” gazetasiga bergan intervyusida aytilishicha, ular Rossiya samolyotlarini o‘g‘irlab ketishga bo‘lgan harakatlarni yoki javob zarbalarni bartaraf qilishda qo‘llanadi.

“Biz barcha tahdidlarni hisobga oldik, - tushuntirdi u. – Chunki kutilmagan vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. Aytaylik, harbiy samolyotning Suriyaga chegaradosh davlat hududida o‘g‘irlab ketilishi va bizga zarba berilishi. Biz bunga tayyor bo‘lishimiz lozim”.

Top