09:27 / 05.11.2015
2069

Sharm-ash-Shayxdan Buyuk Britaniyaga 5 noyabrga belgilangan barcha reyslar bekor qilindi

Misrning Sharm-ash-Shayx kurort shahridan Buyuk Britaniyaga 5 noyabrga belgilangan barcha reyslar qo‘shimcha xavfsizlik choralari sababli bekor qilindi. Bu haqda Buyuk Britaniya bosh vaziri saytida ma'lum qilindi.

Avvalroq Buyuk Britaniya bosh vaziri devonxonasi Misrning Shimoliy Sinay viloyatida Rossiyaning A321 samolyoti falokati samolyot bortidagi portlovchi qurilma portlashi oqibatida yuz bergan bo‘lishi mumkinligini aytgan edi.

Bundan tashqari, Buyuk Britaniya hukumati o‘z fuqarolarini Sharm-ash-Shayxga zaruratsiz uchmaslikka chaqirdi.

Top