18:25 / 05.11.2015
4013

«Taxtlar o‘yini» seriali yulduzi Dior kompaniyasining yangi yuziga aylandi

«Taxtlar o‘yini» serialidagi Deyyeneris Targariyen roli orqali mashhur bo‘lgan aktrisa Emiliya Klark, Dior kompaniyasining yangi yuziga aylandi.

People nashrining yozishicha, aktrisa fransuz moda brendining zargarlik buyumlarini reklama qiladi.

Klarkning kompaniya bilan hamkorlikdagi ilk suratga olish ishlari o‘tib bo‘lgan. Uning muallifi taniqlik suratkash Patrik Demarshele bo‘lgan.

Uning fotolarida aktrisa Rose des Vents mahsulotlarini reklama qilib o‘tgan.

Bu aktrisaning birinchi lyuks brenddani reklama kampaniyasida ishtirok etishi sanaladi.

Klark Jyennifer Lourens, Natali Portman, Rianna va Marion Kotiyyar kabi Dior kompaniyasining yangi yuzi sifatida e'tirof etiladigan bo‘ldi.

Top