21:27 / 05.11.2015
6918

Tbilisi jahonning diqqatga sazovor kam tanilgan shaharlari yuqori o‘ntaligidan joy oldi

Britaniyaning The Daily Telegraph nashri o‘ziga yangi joylarni ochishni xush ko‘radigan sayyohlarga e'tiborlarini qaratishlari kerak bo‘lgan kam tanilgan shaharlar reytingini chop etdi. Reytingning yuqori o‘ntaligidan, shuningdek, Gruziya poytaxti ham o‘rin oldi.

Bergamo Italiya

Ushbu ro‘yxatning 1-o‘riniga Italiyaning Bergamo shahri loyiq deb topildi. Ro‘yxatni tuzuvchilar fikricha, bu joy Lombardiya viloyati va italyan ko‘llarini tadqiq qilish uchun juda ajoyib joy hisoblanadi. Bundan tashqari, shaharda juda ko‘plab diqqatga sazovor joylar, jumladan saroy, minora va shahar kutubxonasi bo‘lgan Eski maydon bor.

Vitoriya-Gasteys Ispaniya

2-o‘rinni Ispaniyaning Vitoriya-Gasteys shahri egalladi, chunki reyting mualliflarining fikricha, bu yerga ispan koloriti va qadimiy binolarni tomosha qilish, badiiy galereya va muzeylarda bo‘lish uchun borish kerak. 3-o‘rinni Portugaliyaning janubida joylashgan Tavira dengiz porti egalladi. Bu shahar Algavra viloyatidagi arxitekturaviy jihatdan eng diqqatga sazovor joy hisoblanadi.

Tavira Portugaliya

Tbilisi ushbu reytingdan 8-o‘rin oldi. Nashrning ta'kidlashicha, sayyohlar bu yerda ham ar-nuvo (modern) uslubida qurilgan, hamda shaharlar uchun xos bo‘lgan ko‘plab boloxonalarga ega imoratlarni ko‘rishlari mumkin. Tbilisida ko‘plab yangi mehmonxona va do‘konlar qad rostlaganiga qaramasdan, shahar “o‘ziga xosligini saqlab qolgan va sayyohlar uchun haqiqiy topilma” bo‘la oladi.

Tbilisi Gruziya

Ushbu reytingdan, shuningdek, Nant (Fransiya), Segoviya (Ispaniya), Lyubek (Germaniya), Vrotslav (Polsha), Plovdiv (Bolgariya), Triyest (Italiya), Maribor (Sloveniya) va boshqa shaharlar ham o‘rin oldi.

Top