12:10 / 05.11.2015
4889

Temir Sariyev Qirg‘iziston hukumatiga rahbar bo‘lib qoldi

Qirg‘iziston parlamenti ovoz berish yakunlariga ko‘ra yana Temir Sariyevni bosh vazir deb sayladi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda. Sariyev nomzodiga 120 deputatning 118 nafari ovoz berdi.

Parlament, shuningdek, hukumatning yangi strukturasi va tarkibini ma'qulladi.
Yangi me'yorga ko‘ra, eski 15 vazirlikdan 12tasi saqlanib qoldi. Mudofaa idorasi vazirlik maqomidan mahrum bo‘lib, mudofaa ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasiga aylantirildi.

Mehnat, migratsiya va yoshlar vazirligi migratsiya va bandlik xizmatiga aylantirildi. Bundan tashqari, kuch bloki bilan ishlovchi bosh vazir o‘rinbosari lavozimi bekor qilindi.

Top