10:09 / 05.11.2015
4045

Tennischi Serena Uilyams telefonini o‘g‘irlagan o‘g‘rini tutib oldi

Ayollar tennisi assotsiatsiyasi ro‘yxatida birinchi o‘rinda qayd etilgan Serena Uilyams telefonini o‘g‘irlab ketgan o‘g‘rini ushlashga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda 34 yoshli amerikalik sportchi o‘z Instagram sahifasida xabar bergan.

"Kechki taom vaqtida men bilan ajoyib sarguzasht yuz berdi, - deb yozadi Uilyams. – Xitoy restoranlaridan birida o‘tirganimda, yonimdagi shubhali kishi e'tiborimni tortdi. U biz o‘tirgan joyda uzoq qolib ketdi. Men uni kuzata boshladim. Ammo bir daqiqaga chalg‘ishim hamono, u telefonimni o‘g‘irladi-da, qochib ketdi.

Men qarab turmadim, stoldan sakrab o‘tdim va restoran ichida uni quvishga kirishdim. U imkoni boricha yugurar, ammo men undan ko‘ra tez yugurayotgandim. Yakunda men unga yetib oldim. U voqealar rivojini bunday tus olishini kutmaganini aytdi. Bu borada u haq edi. Undan telefonimni qaytarib oldim va uni qo‘yib yubordim”.

"Qarsaklar ostida restorandan chiqdim, - qo‘shimcha qildi tennischi. – O‘sha damda o‘zimdan faxrlanib ketdim. Maslahatim, to‘g‘ri ishlarni amalga oshirish uchun doim ichingizdagi superqahramon ovoziga quloq tuting ".

Top