09:28 / 05.11.2015
3880

Turkmanistonda paxta topshirish rejasi bajarildi

Turkmanistonlik fermerlar qabul qilish punktlariga 1,05 million tonna paxta yetkazib berishdi, deya xabar qildi hukumat nashri 3 noyabr kuni Turkmaniston hukumati rahbarining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Esenmirat Orazgeldiyev bayonotiga asoslangan holda.

Central Asia Online ma'lumotlariga ko‘ra, Turkmaniston eksportida gaz asosiy o‘rin egallaydi, biroq paxta va tekstil mahsulotlari ham davlat uchun muhim valyuta manbalaridan biri bo‘lib turibdi.
Paxta, shuningdek, O‘rta Osiyo hududidagi barcha MDH davlatlarida yetishtiriladi.

Top