19:14 / 06.11.2015
2874

Boeing kompaniyasi Boeing 737 samolyotlarining xavfsizligini isbotlashga harakat qilmoqda

Boeing aviakompaniyasi 737 oilasiga mansub barcha samolyotlarining xavfsiz ekanligini istbotlashga butun imkoniyatlarini ishga solmoqda. Bu haqda Boeing kompaniyasining Rossiya va MDH davlatlaridagi prezidenti Sergey Kravchenkoning ma'lumotlariga asoslanib, RIA “Novosti” xabar bermoqda.

“Biz bugun Rossiya federal aviatsiya xizmati rahbariyati bilan uchrashishni rejalashtirganmiz. O‘ylaymizki, ushbu yig‘ilishda davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi vakillari ham qatnashishadi. Beriladigan savollarni diqqat bilan eshitamiz va samolyotlar ishlab chiqarishimizga taalluqli har qanday ikkilanish, har qanday savollarni yo‘qqa chirqarishga harakat qilamiz”, — deb ma'lum qildi Kravchenko.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda yer yuzida 6,5 minga yaqin, jumladan, Rossiyada 150 ta, MDH davlatlarida esa 230 ta Boeing 737 samolyoti parvoz qilmoqda.

Top