12:06 / 06.11.2015
13553

Charlie Hebdo A321 halokati ustidan kuldi

Fransiyaning Charlie Hebdo satirik jurnali o‘z sahifalarida Rossiyaning A321 avialaynerining qulashi bilan bog‘liq ikkita karikatura joylashtirdi.
Karikaturalardan birinchisida boshini changallab olgan IShID jangchisi hamda unga osmondan tushayotgan samolyot qoldiqlari tasvirlangan.

Tasvir izohlarida shunday yozilgan: “IShID: Rossiya aviatsiyasi bombardimonni kuchaytirmoqda”.
Ikkinchi karikaturada qora ko‘zoynak taqqan bosh chanog‘i ifodalangan. Uning izohida: “Rossiya loukosterining xavfi. Men Air Cocaine reysi bilan uchishim kerak edi”, degan yozuv bor.

Jurnal birinchi marta halokat qurbonlari ustidan kulayotgani yo‘q. Shunga o‘xshash suratlar Malayziyaga tegishli avialaynerning halokati chog‘ida ham chop etilgan edi.
Sentyabr oyida jurnal 3 yoshli kurd bolaning cho‘kib ketishi munosabati bilan chop etgan karikaturalari uchun ham tanqid ostiga olingan edi.

Top