19:34 / 06.11.2015
5041

Charlie Hebdo bosh muharriri: A321 haqidagi karikaturalar fojiani masxara qilmaydi

Fransiyaning Charlie Hebdo jurnali bosh muharriri Jyerar Biar Sinayda halokatga uchragan A321 avialayneri mavzusidagi karikaturalar nega tanqidga uchraganini tushunmasligini bayon etdi. Uning so‘zlariga qaraganda, rasmlar fojianing ustidan kulishga yo‘naltirilmagan edi.

Eslatib o‘tamiz, jurnal sahifalaridan o‘rin olgan bu ikki karikatura Kreml rasmiylari tomonidan keskin tanqid ostiga olinib, “haqorat” sifatida baholandi.

“Haqorat, shakkoklik tushunchalari biz uchun hech qanday ahamiyatga ega emas. Biz boshqa barcha nashrlar singari yangiliklarni sharhlaymiz”, - dedi u RFI radiosi efirida.
Biarning ta'kidlashicha, jurnal “dunyoviy, demokratik va ateistik” nashrdir.

Top