16:53 / 06.11.2015
2598

Hellouin tunida shahzoda Charlzning fermasidan sun'iy sabzini o‘g‘irlab ketishdi

Buyuk Britaniya shahzodasi Charlzning fermasida saqlab kelinayotgan 100 kilogramm og‘irlikdagi sun'iy sabzi o‘g‘rilab ketilgan. Mamlakat politsiyasi mazkur jinoyat bo‘yicha ish ochdi, deb yozadi The Telegraph.

Xabar qilinishicha, sabzi ferma xo‘jaligining kirish qismiga o‘rnatilgan bo‘lgan.

Politsiyaning fikriga ko‘ra, o‘g‘rilar hududga Tetberi qishlog‘ida joylashgan qo‘shni ferma hududidan o‘tib kelishgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, sabzi Hellouin bayrami nishonlanayotgan kuni tunda o‘g‘irlangan.

«Mazkur sun'iy shakl sabzavot mahsulotlari mavjudligini reklama qilib turish uchun o‘rnatilgandi», — deya gapirib o‘tgan mahalliy vakillardan biri.

«Voqea 31 oktabrdan 1 noyabrga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. O‘g‘rilar kamida ikki kishi bo‘lishi mumkin. Ularda yuk tashuvchi mashina ham mavjud bo‘lgan. Sizda bu borada ma'lumot bo‘lsa, huquq-tartibot idoralariga ma'lum qilishingiz so‘raladi», — deyiladi politsiya axborotida.

Qayd qilinishicha, shahzoda Charlz fermasi sog‘ilqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish va qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan fermer xo‘jaliklaridan biri sanaladi.

Top