16:27 / 06.11.2015
4719

Irkutsk meri mahalliy amaldorlar qo‘liga belkurak berib, qor kurashga safarbar qildi

Kommunal xizmatlar faoliyatidan qoniqmagan Irkutsk shahri (Rossiya) meri Dmitriy Berdnikov uy-joy va kommunal xizmatlar uchun javobgar amaldorlarni qor kurashga safarbar qildi, deya xabar bermoqda FlashSiberia manbasi shahar meriyasi ma'lumotiga asoslangan holda.

“Bu tartibsiz “o‘quvchilar” bilan olib borilayotgan tarbiyaviy ishlar doirasida o‘tkazilmoqda. Mer ularga belkurak berib, qor tozalashga jo‘natdi”, - deyiladi meriya xabarida.

Tozalash bilan bog‘liq muammo 3 noyabr kuni qorning bir oylik me'yori yoqqanidan so‘ng vujudga keldi. Tozalash ishlari shaharda qoniqarsiz olib borilgani sababli butun shaharda qor uyumlari to‘planib ketdi. Shu sababli Irkutsk viloyati gubernatori merga tanbeh bergan.

Top