16:41 / 06.11.2015
7641

Jizzaxda "mo‘'jizaviy yostiqlar" tayyorlanmoqda

Jizzax viloyatida «Nozimabegim nasibasi» xususiy korxonasi tomonidan noodatiy yostiqlar tayyorlashga kirishildi.

Yangi turdagi mahsulot asab tinchlanishiga yordam berishi barobarida, nafas yo‘llari faoliyatini ham yaxshilaydi deya ta'kidlanmoqda.

"Telegraf.uz" xabariga ko‘ra, korxonada buning uchun shifokorlar tavsiyasiga binoan, rayhon va yalpizdan foydalanilayapti.

Top