12:08 / 06.11.2015
6171

Krishtianu Ronaldu: Men futbol afsonasiman. Mening natijalarimni takrorlash juda qiyin ish

Madridning "Real" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘zini afsonaviy futbolchi deb hisoblashini bildirdi.

"Men dunyo futboli tarixiga kirganim haqida gapirish ham shart emas. Men - afsonaman va statistika bunga guvoh.

Odamlar nima desa, desin. Men faqat shu mavsumda emas, hamisha eng yaxshi futbolchi bo‘lib qolaveraman.

Men shu qadar yuqori saviyaga erishganmanki, uni yanada yaxshilash juda qiyin", - deydi Ronaldu.

Biroz avvalroq, Ronaldu yana 5-6 yil futbol o‘ynash niyati borligini aytgan edi.

Top