15:06 / 06.11.2015
4716

Krishtianu Ronaldu: Men uchun pul muhim bo‘lganida, «Manchester Siti»ga emas, Qatarga ketardim

"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Manchester Siti"ga o‘tishi ehtimolari haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirib o‘tdi.

"30 yoshga kirganim tufayli men uchun pul muhim bo‘lib qoldi, deb o‘ylaysizmi? Men bunday hisoblamayman.

Agar moliyaviy jihatdan foydali taklif tushib qolsa, uni rad etish men uchun muammo bo‘lmaydi.

Umuman, pul haqida gapiradigan bo‘lsak, yaxshisi Qatarga ketgan bo‘lardim. Chunki ularda pul "Manchester Siti"dagidan ham ko‘proq.

Bu yerda gap pulda emas. Gap ishtiyoqda", - deydi Ronaldu.

Qayd etish kerakki, shu kunlarda futbolchi o‘zining jamoadagi o‘rnidan norozi ekanligi va shu vaqtda uning xizmatlariga boshqa grand jamoalar, xususan "Manchester Yunayted", "Manchester Siti" va "PSJ" kabi jamoalardan qiziqish mavjudligi haqida xabarlar paydo bo‘lgan.

Top