20:48 / 06.11.2015
6264

KUN.UZ dayjesti: 6 noyabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 6 noyabr kuni ro‘y bergan eng qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Irkutsk meri mahalliy amaldorlar qo‘liga belkurak berib, qor kurashga safarbar qildi>>

Kommunal xizmatlar faoliyatidan qoniqmagan Irkutsk shahri (Rossiya) meri Dmitriy Berdnikov uy-joy va kommunal xizmatlar uchun javobgar amaldorlarni qor kurashga safarbar qildi, deya xabar bermoqda FlashSiberia manbasi shahar meriyasi ma'lumotiga asoslangan holda.

Hindiston politsiya labrador itini mukofotlashni rejalashtiryapti>>

Hindiston hukumati portlovchi qurilmani o‘ta tezlikda topib, maxsus xizmat xodimlarida ulkan taassurot qoldirgan yetti yoshli politsiya xizmatidagi itni taqdirlashni rejalashtiryapti. OAVning ma'lum qilishicha, gap labrador zotli, Reks laqabli it xususida bormoqda. U Hindiston-Tibet chegara politsiyasida xizmat qiladi.

Finlyandiyada ayiq tomonidan chizilgan rasmlarning donasi 300 yevrodan sotilmoqda>>

Finlyandiyaning Kuusami shahridagi hayvonot bog‘ida yashovchi Yuuso laqabli ayiq rassomchilik orqasidan katta miqdorda pul ishlab topmoqda. Bu haqda Huffington Post nashri xabar tarqatdi.

Hellouin tunida shahzoda Charlzning fermasidan sun'iy sabzini o‘g‘irlab ketishdi>>

Buyuk Britaniya shahzodasi Charlzning fermasida saqlab kelinayotgan 100 kilogramm og‘irlikdagi sun'iy sabzi o‘g‘rilab ketilgan. Mamlakat politsiyasi mazkur jinoyat bo‘yicha ish ochdi, deb yozadi The Telegraph.

Jizzaxda "mo‘'jizaviy yostiqlar" tayyorlanmoqda>>

Jizzax viloyatida «Nozimabegim nasibasi» xususiy korxonasi tomonidan noodatiy yostiqlar tayyorlashga kirishildi.

Amerikalik firibgar tvitter orqali 2ta kompaniyaga jiddiy moliyaviy zarar yetkazdi>>

AQSh qimmatbaho qog‘ozlar va birja bo‘yicha komissiyasi yolg‘on tvitlar orqali ikkita kompaniya aksiyalarini sotishga harakat qilgan qallob-akkaunt egasi bo‘yicha qidiruv ishlarini boshladi, deya xabar bermoqda «Interfaks» nashri.

Qirg‘izistonlik bitiruvchilar ziyofat o‘rniga 7 farzandi bor yolg‘iz onaga uy qurib berishdi>>

Qirg‘izistonning Talas viloyati Bakay-Ata tumanida maktab bitiruvchilari ziyofat pullariga yetti farzandi bilan yolg‘iz qolgan onaga 4 xonali uy qurib berishdi. Bu haqda Turmush xabar qildi.

Nyu-Yorkdagi universitet hududidan maqbara topildi>>

Nyu-Yorkda ishchilar universitet hududidagi ko‘cha ostidan yoshi ikki asrlik maqbara topib olishdi, deb xabar bermoqda Associated Press.

Betmobil ixtirochisi Jorj Barris vafot etdi>>

1966 yilda ekranlarga chiqqan Betmen teleseriali uchun Betmobil ixtirochisi va avtomobillar dizayneri Jorj Barris 89 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda uning o‘g‘li Brett Barris feysbukdagi o‘z sahifasida e'lon qilgan.

Walt Disney kompaniyasi moliyaviy yil yakunida rekord darajada foyda ko‘rdi>>

Ko‘ngilochar mahsulotlar sanoatidagi eng mashhur AQSh kompaniyasi sanalgan The Walt Disney Company to‘rtinchi moliyaviy chorak davomida o‘zining sof daromadi miqdorini 7,3 foizga o‘stirib, moliyaviy yil yakunida rekord darajada foyda ko‘rdi. 

Seulda Gangnam Style raqsiga bag‘ishlab haykal o‘rnatiladi>>

Janubiy Koreyaning Seul shahrida 2012 yilda janubiy koreyalik reper Psy tomonidan ishlangan klipdagi “chavandoz raqsi” — Gangnam Style’ga bag‘ishlab haykal o‘rnatiladigan bo‘ldi. Bu haqda “Renxap” agentligi xabar bermoqda.

Internetda “Oyqiz ertagi” treyleri paydo bo‘ldi>>

Internetda "Oyqiz ertagi" — "O‘zbekfilm" tarixidagi eng katta byudjyetli film treyleri paydo bo‘ldi. Filmni suratga olish ishlari 2014 yilda boshlangan. 

"RU” hududidagi domenlar soni 5 milliontaga yetdi>>

Rossiya hududidagi internet domenlari uchun beriladigan .ru zonasida ro‘yxatdan o‘tgan domenlar soni 5 milliontaga yetdi. Bu haqda Reg.ru nashri xabar tarqatdi.

Lada XRay’ning tashqi ko‘rinishi oshkor etildi>>

Rossiyaning “AvtoVAZ” avtokonserni Lada Xray modelining tashqi ko‘rinishini rasman oshkor qildi. Uning rasmlari internet nashrlariga yo‘llandi.

Finlyandiyada birinchi milliy emodzilar paydo bo‘ldi>>

Finlyandiya jahonda birinchi bo‘lib chat yozishmalarida aloqa qilish uchun milliy piktogrammani ishga tushirdi, deb xabar bermoqda ThisisFINLAND.

Muxlislari YeChL madhiyasi vaqtida hushtakbozlik qilgani uchun "Barselona" jazolanishi mumkin>>

UYeFA rahbariyati Yevropa chempionlar ligasining «Barselona» va BATE jamoalari uchrashuvi paytida mahalliy muxlislarning ba'zi harakatlaridan norozi bo‘lmoqda, deya xabar beradi As nashri.

Krishtianu Ronaldu: Men uchun pul muhim bo‘lganida, «Manchester Siti»ga emas, Qatarga ketardim>>

"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Manchester Siti"ga o‘tishi ehtimolari haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirib o‘tdi.

Meladze: shaxsiy hayotni jamoatga oshkor qilish telbalikka olib keladi>>

Rossiyalik bastakor Konstantin Meladzening fikricha, shaxsiy hayotini barchaga oshkor qilib, OAV orqali o‘zini “reklama” qiladigan san'at va jamoat arboblari axiyri aqldan ozadilar. Bu haqda u Rossiya internet nashrlariga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Roy Kin: Agar Yang "MYu" futbolchisi bo‘lsa, men xitoylikman>>

"Manchester Yunayted" jamaosining sobiq futbolchisi va sardori Roy Kin jamoa futbolchilaridan biri Eshli Yangning YeChL doirasida TsSKAga qarshi o‘tkazilgan o‘yindagi harakatlarini tanqid qildi.

Top